Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari va SSP mutaxassislari tadbirkorlarni o‘qitadi
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2017 yildagi 602-son qarori bilan Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining tuzilmasi tasdiqlandi va uning faoliyati tartibi belgilandi, deb yozmoqda Norma.uz.
Eslatib o‘tamiz, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi va uning hududiy filiallari Davlat raqobat qo‘mitasi tuzilmasida Prezidentning 2017 yil 18 apreldagi PQ-2897-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
Markaz yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi bo‘lib, aholi va tadbirkorlar uchun o‘quv kurslari tashkil etadi. O‘quv kurslariga vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda SSP mutaxassislari o‘qituvchi sifatida jalb etilishi mumkin. Ular tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga haq to‘lash tasdiqlangan miqdorlar bo‘yicha ularni yuborgan organlarning byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobiga to‘lanadi.
Markaz va uning hududiy filiallarini saqlash bo‘yicha joriy xarajatlarga (Markazning shtatdagi xodimlariga to‘lanadigan ish haqi xarajatlaridan tashqari) Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasining SSPga tushadigan mablag‘lari hisobidan to‘lov amalga oshiriladi. O‘quv kurslari tinglovchilari uchun o‘quv materiallari, tarqatma materiallar va idora jihozlari ham shu manbadan xarid qilinadi.
O‘quv kurslari oliy ta'lim muassasalari va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari binolarida o‘tkazilishi mumkin.
Markaz Toshkent shahri, I.Karimov ko‘chasi, 55-uyda joylashgan.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026