Jahon | 08:46 / 17.08.2017
17381
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida hukmron oiladan bo‘lgan yana bir shahzoda vafot etdi

16 avgustda Saudiya Arabistonining hukmron oilasi vakili shahzoda Bandar ibn Faxd ibn Sa'd ibn Abdulrahmon Ol Saud vafot etdi. Bu haqda qirollik saroyi bayonotiga iqtibos keltirgan holda SPA axborot agentligi xabar bermoqda

Shahzoda 17 avgustda Ar-Riyodda dafn etiladi. Shahzoda joriy yilda Ol Saud oilasidan vafot etgan uchinchi shahzoda bo‘ldi. Boshqa ma'lumot keltirilmagan.

May oyida taxtning o‘tishi tartibini aniqlash kengashiga rahbarlik qilgan, amaldagi qirolning akasi, shahzoda Mash'al ibn Abdulaziz vafot etgandi. U 91 yoshda bo‘lgan. 

8 avgustda esa 26 yoshli shahzoda Salmon ibn Abdulloh ibn Turkiy Ol Saud vafot etgandi. Taxmin qilinishicha, u yurak xurujidan vafot etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid