BMW yangi Z4 rodsterining kontseptini namoyish qildi
Germaniyaning BMW avtomobilsozlik kompaniyasi rasman yangi avlod Z4 rodsterining prototipini namoyish qildi. U keyingi yildan ishlab chiqarila boshlanadi. Kontsept-kar taqdimoti Amerikaning Pebble Beach Concours d’Elegance nafislik ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi.
«BMW Concept Z4 kompaniyamiz avtomobillarining tashqi ko‘rinishlariga yangi uslubni namoyish etadi», – dedi BMW guruhi bosh dizayneri Adrian van Xoydonk. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu avtomobil seriyali rodsterga «juda yaqindir».
Germaniya avtomobilsozlik kompaniyasi yangi Z4 kontseptini «Toyota» bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda. U Yaponiyada Supra nomi bilan sotadi. Z4 uchun kuch agregatlari va elektronikasi BMW kompaniyasida tayyorlanadi, shassisining qator qismlari, podveskasi, tormoz tizimi Toyota sportkari bilan bir xil bo‘ladi.
BMW va Toyota sportkarlarini Avstriyaning Magna kompaniyasi yig‘adi. Ikkala model ham 2018 yilda konveyerga qo‘yiladi. Bunda BMW va Toyota hamkorligida ishlab chiqariladigan sportkarlarning umumiy soni yiliga 60 ming donani tashkil etadi.
Kuz mavsumida Frankfurtda bo‘lib o‘tadigan avtoko‘rgazmada BMW kompaniyasi «kuchaytirilgan» sedan M5 va X2 mitti krossoverini namoyish etadi.
Mavzuga oid
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
22:19 / 18.10.2024