Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda birinchi internet-sud ochildi
Xitoyda birinchi internet-sud juma kuni Chjetszyan viloyatidagi Xanchjou shahrida ochildi, deb xabar bermoqda XXR Markaziy televideniyesi.
Sudni tashkil etish haqidagi qaror Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining 36-sessiyasi davomida qabul qilindi. Ochilish marosimida XXR Oliy xalq sudi raisi Chjou Tsyan va Chjetszyan viloyatining XKP qo‘mitasi kotibi Che Tszyun ishtirok etdi.
Internet-sud onlayn-savdodagi firibgarlik holatlari, internetda mualliflik huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqadi.
Sudning barcha jarayoni, da'vo arizasini yuborish va ishni qo‘zg‘atishdan boshlab, sud sayti orqali amalga oshiriladi. Eshituvlar hamda hukmni e'lon qilish ham real vaqt rejimidagi videotranslyatsiya yordamida onlayn tarzda ko‘rsatib boriladi.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026