Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiyada plastik pullar paydo bo‘ladi
Rossiya banki 200 rubllik yangi kupyurani muomalaga kiritish chog‘ida polimer singdirilgan moddadan foydalanish niyatida. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar bermoqda.
Mamlakat Markaziy bankidan ma'lum qilishlaricha, bunday texnologiya pullarni “himoyalaydi” hamda ularni “plastikli”ga aylantiradi.
“Biroq, bunday pulning salbiy tomonlari ham bor. Ekspertlarning baholashicha, polimer pullar bilan ularni utilizatsiya qilishda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Polimerni faqatgina yoqish mumkin, bu esa ekologiyaga zarar yetkazadi. Bundan tashqari, bunday pullarni ishlab chiqarish qog‘ozli kupyuraga qaraganda ancha qimmatroqqa ham tushadi”, - deya xabar beradi nashr.
Aniqlik kiritilishicha, hozirgi paytda pul kupyuralari tarkibida 100 foiz paxta bo‘lgan qog‘ozdan tayyorlanadi.
Avvalroq Angliya banki 10 funtlik yangi plastmassa pulni muomalaga chiqarishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026