Jahon | 00:40 / 19.08.2017
9382
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonada “Yevropaning islomlashuvi”ga qarshi namoyish tarqatib yuborildi

Foto: AFP 2017 / Javier Soriano

Barselona politsiyasi 14 kishi halok bo‘lgan teraktlardan keyin millatchilar tashkil etgan “Yevropaning islomlashuviga qarshi” qaratilgan namoyishni tarqatib yubordi. 

Aktsiya 17 avgustda furgon haydovchisi odamlarni bosib ketgan Rambla ko‘chasida bo‘lib o‘tgan. El Pais nashrining ma'lum qilishicha, millatchilar plakatlarida “Yevropani islomlashtirishni bas qiling”, “Ispaniya musulmoncha emas, nasroniy” degan yozuvlar bo‘lgan.

Yana bir aksiya antifashistlar tomonidan uyushtirilgan. Uning ishtirokchilari “Politsiyasiz siz hech kimsiz”, “Fashistlar, bizning tumanlardan yo‘qoling” va “Biz qo‘rqmaymiz” degan shiorlarni hayqirishgan.

Ikki aksiya ishtirokchilari orasida goh-gohida to‘qnashuvlar yuz berib turgan. Politsiyachilar to‘qnashuvlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilganlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid