Jamiyat | 19:40 / 19.08.2017
64950
2 daqiqa o‘qiladi

Otabek Musayev «O‘zbekkino» rahbarligidan ketdi

«O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev lavozimidan ozod etildi. Bu Uzbekistan24 telekanali saytida ma'lum qilindi.

Endilikda Furqat Zokirov «O‘zbekkino»ning yangi rahbari etib tayinlangan. U shu vaqtgacha O‘zbekiston Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasiga direktorlik qilib kelayotgandi. 

Furqat Zokirov «Toshkent» teleradiokanali direktori, keyin «Toshkent» radiosi buyicha o‘rinbosar bo‘lib ishlagan.

Furqat Zokirov / O‘zbekkino

Otabek Musayev 2016 yilning yanvarida Ahmadjon Umarov o‘rniga «O‘zbekkino»ga rahbar etib tayinlangandi.

Otabek Musayev / O‘zbekkino

Shuningdek, «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri, taniqli dramaturg Shuhrat Rizayev «O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Shuhrat Rizayev / Kultura.uz

Iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar Nizomiy Jalolov o‘z lavozimida qolgan.

Mavzuga oid