20 noyabr kuni Kun.uz saytida «Kalmar öyini» — Agar filmni özbek rejissyorlari olganda unda qanday muammolar aks etardi?» nomli maqola e'lon qilingandi.

Kino rejissyorlarining özbek jamiyati muammolari borasidagi mulohazalari aks etgan maqolada taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov ham fikr bildirgan va «Özbekkino» milliy agentligiga özining ayrim tanqidlarini aytib ötgandi.

«Odamlar mendan «Osmondagi bolalar 3»ni qaçon olasiz, deya köp söraydi. Olaman, menda hatto ssenariy ham tayyor. «Osmondagi bolalar 3» (film nomi «Yerdagi otalar») nomli filmda avvalgi qahramonlarning farzandlari hayoti haqida hikoya qilinadi. Men bu ssenariyni «Özbekkino» milliy agentligiga berganimga 1 yil böldi. Ammo mas'ullar har xil bahonalar bilan filmimga mablağ ajratişni paysalga solib kelyapti, hatto muhokamaga ham ötkazişmayapti. Aslida şu kinoda ham köp muammolar haqida söz boradi», — degandi Musoqov.

Kun.uz muxbiri rejissyor bildirgan uşbu tanqidlarga aniqlik kiritişni sörab «Özbekkino» milliy agentligi matbuot xizmati rahbari Nozim Safari bilan boğlandi.

Matbuot kotibiga köra, «Osmondagi bolalar 3» filmi moliyalaştirilişi böyiça işlar paysalga solinayotgani haqidagi gaplar asosga ega emas. Yaqindagina «Hayrat» filmini yakunlagan rejissyor yangi nizomga köra, agentlikka şunçaki loyihasini qayta topşirişi zarur böladi.

«Şu xolos. Boşqa heç qanday tösqinliklar mavjud emas.

Rejissyor Musoqov Kinematografiya agentligiga «Osmondagi bolalar 3» filmi bilan birga «Hayrat» filmining ssenariysini ham taqdim etgan. Badiiy kengaş esa «Hayrat» filmi ssenariysini körib çiqib, tasdiqlagan. U 2021 yilda işlab çiqarildi va tomoşabinlar e'tiboriga havola etildi.

Filmlarning ssenariylari tartib böyiça Kinematografiya agentligining Badiiy kengaşida tanlov asosida körib çiqiladi. Tanlov mavzulari e'lon qilinganda, mavzuga oid original ssenariylar muhokamaga qöyiladi. Hozirda uşbu tanlovning yangi nizomi tasdiqlanişi kutilmoqda. U tasdiqlangan taqdirda rejissyor talablarga muvofiq öz filmi ssenariysini agentlikka qayta topşirişi mumkin. U albatta körib çiqiladi», – dedi matbuot kotibi.