Samarqandda kino sanoatini rivojlantiriş uçun tadbirkorlarga imtiyoz beriladi. Bu haqda Samarqandda ötkazilayotgan matbuot anjumanida «Özbekkino» milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov ma'lum qildi.

«Özbekkino» rahbariga Samarqandda kinoni rivojlantiriş uçun nimalar qilinayotgani haqida savol berildi. Abduxoliqovning aytişiça, Samarqandda majud 12 ta kinoteatrdan 3 tasi davlat tasarrufida va ularni ham xususiylaştiriş masalasi körilmoqda.

Şuningdek, Abduxoliqov Samarqanddagi tumanlarda tadbirkorlarga kinoteatr quriş şarti bilan 25 sotix yer imtiyozli tarzda beriladi. Ya'ni tadbirkorlarga köngiloçar majmua quriş uçun 25 sotix yer hamda 50 million söm mablağ imtiyozli tarzda ajratiladi va yagona şart sifatida doimiy işlaydigan uçta zaldan iborat kinoteatr quriladi.

Samarqanddagi şaharlarda esa bunday loyihalar ikkitadan amalga oşiriladi. Aziz Abduhakimov bu loyiha özini oqlasa, Samarqand tajribasi sifatida boşqa hududlarda ham amalga oşirilişini aytdi. Turizm va sport vaziri bu taklif tadbirkorlar uçun qiziqarli bölişini ta'kidladi.