Bayram dasturida özbek kino yulduzlari, aktyorlar va rejissyorlar bilan ijodiy uçraşuv taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Akrom Şoxnazarovning “101 reys” va Ibrohim Rasulovning “Muhabbat bahori” filmlari namoyişi bölib ötişi kutilmoqda.

Ma’lumot uçun, ötgan yili Istanbul şahrida ötkazilgan kinofestivalga 13 ta davlatdan yuzdan ortiq kino ijodkorlari taşrif buyurgan edi. Xalqaro anjumanda Turkiyadan taşqari Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, Ozarboyjon, Turkmaniston, Vengriya, Eron, Ukraina va Şimoliy Kiprdan kino ustalari iştirok etişgan va 42 ta film qatnaşgan konkurs dasturida ikki özbek filmi e’tirof etilgandi.

Raşid Malikovning “Tutqunlik” filmi hakamlarning maxsus unvonini qölga kiritgan bölsa, Ali Hamroyevning “Xalq jasorati” filmi hujjatli filmlar kategoriyasida ikkinçi örinni egallagan.