Jahon | 16:00 / 20.08.2017
10420
2 daqiqa o‘qiladi

Asad: G‘arb Suriyada inqilobni amalga oshirishning uddasidan chiqa olmadi

Suriya prezidenti Bashar Asad G‘arb Suriyada uni davlat rahbari lavozimidan chetlatib, inqilobni amalga oshirishning uddasidan chiqa olmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

U bu haqda Suriya TIVda diplomatik xodimlar yig‘ilishida chiqish qilib aytib o‘tdi. 

Suriya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, garchi «g‘arbiy loyiha»ning oldini olishning uddasidan chiqilgan bo‘lsa-da, Suriya armiyasi hali yakuniy g‘alabani qo‘lga kiritmadi.

«Kurash davom etmoqda, hamda biz keyin qayerga boramiz va qachon g‘alaba haqida gapirish mumkin bo‘ladi... bu boshqa vaqt uchun savoldir», - deya ta'kidlab o‘tdi Asad.

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arbga qarshi «isyon bahosi» «Suriya bu urush uchun to‘lagan narxdan ancha kamdir», biroq Damashq G‘arbning rejalarini yo‘qqa chiqardi, deb xabar bermoqda SANA.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid