Jahon | 17:55 / 20.08.2017
4140
1 daqiqa o‘qiladi

Hasan Ruhoniy: Eron uchun yadro kelishuvini saqlab qolish ustuvor

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, mamlakat uchun tashqi siyosatdagi eng ustuvor yo‘nalishlardan biri yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni saqlab qolish. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Ruhoniyning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi dasturini AQShning da'volaridan himoya qilish lozim.

«Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasini himoya qilish – Eron dushmanlariga qarshilik ko‘rsatish demakdir», - dedi prezident.

Avvalroq Ruhoniy Tehron yadro kelishuvidan chiqishi mumkin ekani haqida aytib o‘tgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid