Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rostovdagi yong‘inda jabrlangan 8 kishi shifoxonaga yotqizildi
Rossiyaning Rostov shahrida ro‘y bergan yong‘in oqibatida jabrlanganlar soni 8 kishini tashkil qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi shahar shifoxonasidagi manbaga asoslanib xabar tarqatdi.
«Ayni vaqtda bizga 8 kishini olib kelishdi. Ulardan biri FVV xodimi, yana 3 politsiyachi», deya ma'lum qilgan agentlik suhbatdoshi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘indan keyin jami 36 kishi tibbiyot xodimlariga murojaat qilgan.
Rostovning Nijyegorodskiy ko‘chasida yong‘in chiqib, qo‘shni kvartallarga tarqaldi. FVV ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in jami 25ta uyga talofat yetkazgan (11ta ikki qavatli va 14ta bir qavatli), uning ko‘lami maydoni 10 ming kv metrni tashkil qilgan.
Yong‘inni o‘chirish ishlariga aviatsiya ham jalb etildi. Shaharda favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid
22:23 / 19.04.2026
Rostovda sirk tomoshasi paytida yo‘lbars tomoshabinlar orasiga kirib oldi
13:45 / 17.04.2026
O‘rta Chirchiqda xonadonda chiqqan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi
21:09 / 11.04.2026
«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
16:08 / 07.04.2026