Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroy kichik sanoat zonasida 10 ming ish o‘rni barpo etiladi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi sobiq to‘qimachilik korxonasi hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida bugungi kunda 301 ta turli yo‘nalishdagi korxona faoliyat ko‘rsatayapti. Ulardan 82 tasi yengil sanoat, 67 tasi kimyo sanoati yo‘nalishlarida ish olib borayotgan bo‘lsa, oziq-ovqat ta'minoti sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, qog‘oz, metall konstruksiyalar va jihozlar ishlab chiqarish, mashinasozlik va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, boshqa sohalarda faoliyat yuriuvchi tadbirkorlik sub'yektlarida 7 mingga yaqin kishi ish bilan band.
Toshkent shahri “Binolardan foydalanish departamenti” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida “Yakkasaroy KSZni boshqarish direksiyasi” DUK rahbari Rustam Nuraliyev shu haqda ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur KSZda faoliyat yuritish istagini bildirgan tadbirkorlik sub'yektlariga qator imtiyozlar bilan birga talablar ham qo‘yiladi. Ya'ni ular belgilangan muddat mobaynida ma'lum miqdorda sarmoya kiritadi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratadi.
Zonada faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Direktsiya huzurida yuridik xizmat tashkil etilgan. Bundan tashqari, temir yo‘l shoxobchasida xizmat ko‘rsatish saqlab qolingan. Shuningdek, tibbiy yordam xizmati ham mavjud bo‘lib, ish vaqtida sog‘lig‘i bilan muammoga duch kelgan ishchi-xizmatchilar, xodimlarga birinchi tibbiy yordam ayni shu yerda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkorlarning shartnomalarini tuzishda ham qulaylik barpo etilgan, ya'ni notarial idora faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, Nuraliyevning qayd etishicha, KSZda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'yektlariga sifatli bank xizmatlarini taklif etish, og‘irini yengil qilish bo‘yicha ish olib borilayati. U yerda “Asakabank”ning kichik shoxobchasi ochilgan. Nuraliyevning fikricha, Yakkasaroy KSZ to‘liq quvvat bilan faoliyat yuritishni boshlasa, u yerda 10 mingga yaqin kishi ish bilan ta'minlanadi.

KUN.UZ muxbirining xizmat ko‘rsatuvchi banklar o‘rtasida raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qanday ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan, degan savoliga “Binolardan foydalanish departamenti” DUK boshlig‘i o‘rinbosari Badriddin Fayzullayev oydinlik kiritdi.
Uning aytishicha, bu masalada Prezidentning 2017 yil 18 maydagi PQ-2973 sonli qarorida ham yechimlar ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan hozirgi kunda Yakkasaroy KSZda “Ipotekabank”ning Yakkasaroy tumani bo‘limi va “Ipak yo‘li” bankining minibankini ochish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026