Jahon | 17:15 / 22.08.2017
4655
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Armaniston prezidenti bilan Tog‘li Qorabog‘ muammosini muhokama qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 avgust kuni Sochida Armaniston rahbari Serj Sargsyan bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.

Kutilishicha, ikki davlat yetakchilari Rossiya-Armaniston munosabatlarining dolzarb masalalari va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hamda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi hamkorlikning istiqbollarini muhokama etishadi.

Putin va Sargsyan Armaniston prezidentining Rossiyaga joriy yilning mart oyidagi tashrifi vaqtida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashadi.

Taxminlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga yechim topish bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Eron Tog‘li Qorabog‘ masalasiga amaliy jihatdan aralashish arafasida turgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid