O‘zbekiston | 13:20 / 22.08.2017
13127
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari qimmatlashadi

Foto: Kun.uz

1 sentabrdan Toshkent aholisi va tashkilotlaridan qattiq maishiy va suyuq holdagi chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari 9,3 foizga qimmatlashadi. Bu haqda «Maxsustrans» boshqarmasi saytida ma'lum qilingan.

Aholi uchun maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish narxi har bir kishi uchun bir oyga 3200 so‘mdan 3500 so‘mga oshiriladi.

Byudjyet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kub metr qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketish narxi 41989,5 so‘m (hozirda — 38390), 1 tonna suyuq holdagi chiqindi uchun esa 15690,97 so‘m (14346) etib belgilandi.

Toshkentda oxirgi marta chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari o‘tgan yilning noyabr oyida oshirilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid