Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevro-2016 finalidagi g‘alaba goli muallifi Rossiyada to‘p suradi
2016 yilgi Yevropa chempionati finalida Portugaliya terma jamoasi tarkibida g‘alaba to‘pini kiritgan futbolchi Eder (Ederzitu Antoniu Masedu Lopish) Moskvaning “Lokomotiv” klubiga o‘tdi.
Klubning ma'lum qilishicha, 29 yoshli o‘yinchi sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olindi.
Portugaliyalik futbolchi oxirgi ikki mavsumni Fransiyaning “Lill” klubida to‘p surgan va 51 ta o‘yinda 13 ta gol muallifi bo‘lgan. O‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra “Lill” Fransiya chemionatida 11-o‘rinni egalladi. “Lokomotiv” esa joriy mavsumda Rossiya chempionatida “Zenit”dan 3 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda ketmoqda.
Yevro-2016’da Eder ikkita o‘yinda ishtirok etgan. U musobaqadagi yagona golini musobaqaning finalida qo‘shimcha vaqtda Fransiya terma jamoasi darvozasiga kiritgan. O‘shanda u zaxiradan Renatu Sanshesh o‘rniga maydonga tushgandi. Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlangan va portugallar Yevropa chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgandilar.
Mavzuga oid
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022