Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy boshqa mamlakatlarga kosmonavtlarni tayyorlashda o‘z yordamini taklif qildi
Xitoy boshqa mamlakatlarga kosmonavtlarni saralash va ularni tayyorlashda yordam ko‘rsatishga, shuningdek ular bilan Xitoy orbital stansiyasi dasturi bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqida Xitoy kosmik parvozlar dasturi rahbari o‘rinbosari va mamlakatning birinchi kosmonavti Yan Liveyning bayonotiga asoslanib, "Chjungo jibao" gazetasi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kungacha o‘ndan ortiq mamlakat kosmonavtlarni saralash va ularni tayyorlashda ko‘mak berishni so‘rab Xitoyga murojaat qilgan. Bu kosmonavtlar keyinchalik bo‘lg‘usi Xitoy stansiyasi bortidagi qo‘shma tajribalarda ishtirok etishi kutilmoqda.
"Odatda xitoylik kosmonavtlarni tayyorlash mashg‘ulotlari uchun bizda to‘rt yil ketadi. Chet ellik nomzodni tayyorlash muddati uning shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib farqlanishi mumkin", - deydi Yan Livey.
"To‘rt yildan keyin biz o‘z stansiyamizga ega bo‘lar ekanmiz, unda biz bilan hamkorlikda ishlashga qiziqish bildirgan davlatlarning mashg‘ulotlarga kirishish vaqti keldi. Xitoy bu dasturda hamkorlarning ishtiroki va kosmik kenglikdan tinchlik maqsadlarida foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi", - deya ta'kidladi u.
Yan Liveyning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hozir xorijiy kosmonavtlarni saralash va tayyorlashga doir standartlarni ishlab chiqishga kirishmoqda, so‘nggi qaror esa XXR oliy rahbariyati tomonidan qabul qilinadi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026