Jahon | 15:55 / 24.08.2017
3697
2 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada yil boshidan buyon terrorizmga doir 189 ish ochildi

Belgiya federal prokuraturasi joriy yilning boshidan terroristik faoliyatga doir 189 ish ochdi, oyiga o‘rtacha 23 yangi ma'lumot kelib tushmoqda. Bu haqida prokuratura ma'lumotlariga asoslanib, De Tijd gazetasi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, ochilgan jinoiy tergovlar soni bo‘yicha 2015 yilda rekord natija qayd etilgan - o‘sha yili umumiy hisobda terrorchilikda gumon qilinayotganlarga nisbatan 313 ish ochilgandi. Bu asosan Suriyadagi urushga yo‘l olgan belgiyalik fuqarolar bilan bog‘liq, deyiladi nashrda. Yangi tergovlar esa, asosan hech qachon Suriyada bo‘lmagan yosh "uy terrorchilari" bilan bog‘liq. 

Bundan avval RTL teleradiokompaniyasi Belgiya IIVga asoslanib, 2017 yil holatiga ko‘ra, qirollikda politsiyaning ma'lumotlar bazasida terrorchilar bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan 18 884 kishi qayd etilganini ma'lum qilgandi. Bulardan 2,2 mingdan ziyod kishiga radikallashuvga yo‘liqqan va agressiyani amalga oshirishga tayyor shaxs sifatida qaralmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid