Jahon | 00:17 / 24.08.2017
3425
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi yo‘l-transport hodisasida 44 ruminiyalik jabrlandi

23 avgustda Germaniyaning Osnabryuk shahrida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Germaniyada hosil terimida ishlayotgan 44 nafar ruminiyalik jabrlandi. Jabrlanuvchilar asosan ayollardan iborat. Bu haqda NDR nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, jarohatlanganlardan 6 nafari og‘ir ahvolda.

Politsiyaning xabar qilishicha, avtobus haydovchisi aylana shaklidagi chorrahada texnik nosozlik tufayli boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.

YTH oqibatida 50 kishini olib ketayotgan avtobus yon boshiga ag‘darilgan. Bir yo‘lovchi o‘rindiqlar orasida siqilib qolgani sababli uni maxsus vositalar yordamida chiqarishga to‘g‘ri kelgan. Yo‘lovchilarni qutqarish operatsiyasida ko‘plab qutqaruvchilardan tashqari, o‘t o‘chiruvchilar, politsiyachilar va hattoki uchta qutqaruv vertolyoti ishtirok etgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid