Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy shimolida juda yirik gaz koni topildi
Foto: RIA "Novosti"
Xitoy shimolidagi Shansi viloyatida yirik gaz koni topildi. Uning zaxiralari 545,6 mlrd kubometr ekani taxmin qilinmoqda, deb xabar berdi Sinxua agentligi.
Shansi viloyati Xitoyda ko‘mir zaxiralari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. 2006 yilda Yuyshe, Tszotsyuan va Useyan uyezdlari bilan chegaradosh tumanda yirik ko‘mir koni topildi. Keyinchalik geologiya qidiruv ishlari u yerda gazning ham katta zaxiralari borligini ko‘rsatdi.
Viloyatning yer va tabiiy resurslarni boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Chjou Tszipenning so‘zlariga ko‘ra, 2015 yilda qidiruv ishlari boshlangach, mutaxassislar ko‘mir qatlamlarida 241,5 mlrd kubometr gaz, 304,1 mlrd kubometr slanetsli gaz zaxirasi bor ekanini aniqlashdi.
Mavzuga oid
14:16 / 25.02.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonda temir va mis konlarini qidirishni boshladi
17:50 / 23.02.2026
«O‘zbekneftgaz» yangi konlardan gaz oqimi olinganini e’lon qildi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026