Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: IShID yangi videoda Ispaniyaga navbatdagi hujumlar bilan tahdid qildi
IShID terrorchilik guruhi birinchi marta ispan tilida videomurojaat e'lon qildi, unda Ispaniyaga yangi hujumlar bilan tahdid qilingan. Bu haqda El Pais gazetasi yozmoqda.
«Andalusiya yana xalifalikning yeri bo‘ladi. <...> Jihod chegaralarga ega emas. Jihod sizlar qayerda bo‘lsangiz, o‘sha yerda. <...> Ispaniyalik xristianlar Ispaniya inkvizitsiyasi vaqtida musulmonlarning qoni to‘kilganini yoddan chiqarmang», - deydi videomurojaatda o‘zini Abu Lays Al-Kurdubiy deb tanishtirgan shaxs.
Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni mikroavtobus Barselona markazidagi Rambla ko‘chasida piyodalarning ustiga bostirib bordi. Keyinchalik Kambrilsada noma'lum shaxslar mikroavtobusda piyodalar hududiga bostirib kirishga urinishdi. Hujumlar oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 130 inson jabrlandi.
Barselonadagi terakt uchun mas'uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
16:46 / 24.05.2026