Jahon | 08:23 / 25.08.2017
3873
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya Afg‘onistondagi harbiy kontingentini kengaytiradi

Foto: AP/MARK MITCHELL

Yangi Zelandiya mudofaa vaziri Afg‘onistondagi nojangovar harbiy kontingentini kengaytirishini ma'lum qildi. Bu haqda The Telegraph gazetasi yozmoqda

Ta'kidlanishicha, mamlakat mudofaa vaziri Mark Mitchell shunday bayonot bilan chiqish qilgan. 

«Yangi Zelandiya hamkorlari bilan birga Afg‘onistondagi barqarorlikni ta'minlashni va xalqaro terrorizm xavfiga qarshilik ko‘rsatishni davom ettiradi», — degan vazir. 

Gazetaning yozishicha, Yangi Zelandiya harbiylari 2001 yildan beri Afg‘onistonda xizmat vazifalarini bajarmoqda. 2013 yilda ularning soni qisqara boshlagan edi. 

Shu hafta boshida AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha yangi rejasini e'lon qilgan edi

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid