Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Janubiy Osiyodagi tabiiy ofatlarda 10 millionlab kishi jabrlandi
Bangladesh, Hindiston va Nepalda sodir bo‘lgan ko‘chkilar va suv toshqinlaridan u yoki bu ko‘rinishda 41 million inson jabr ko‘rdi. Kamida 900 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
BMT gumanitar masalalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi bergan xabariga ko‘ra, 10 minglab binolar, shu jumladan maktablar va shifoxonalar vayron bo‘lgan. Ekspertlar va sinoptiklar surunkali yomg‘irlarning davom etishi sababli vaziyat yomonlashishidan xavotir olishmoqda.
«Vaziyat yanada yomonlashish ehtimoli mavjud. Chunki, ayrim tumanlarda yomg‘irlar davom etmoqda, daryo suvlari esa janubga siljimoqda», - deyiladi Boshqarma axborotnomasida. Jabrlanganlarga ushbu mamlakatlar hukumatlari BMT, Qizil Xoch, xususiy tashkilotlar va harbiylar ko‘magida yordam bermoqda.
Biroq, bu ishlarni amalga oshirish oson kechmayapti. Yo‘llar, ko‘priklar, temir yo‘llar va aeroportlarga ham zarar yetgani insonparvarlik yordamlarining vaqtida ko‘rsatilishiga to‘sqinlik qilayapti.
BMT gumanitar tuzilmalari Nepal hukumati va boshqa homiy tashkilotlar bilan birga tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga toza ichimlik suvlari, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar yetkazib bermoqda.
Bangladeshda esa xalqaro hamjamiyat ko‘magida zudlik bilan 2 mingga yaqin shifokorlar guruhlari tashkil etildi. Bu mamlakat hududining 1/3 qismi suv ostida qolgan. Qutqaruvchilar va gumanitar tashkilotlar xodimlari u yerlarda yuqumli kasalliklar avj olishidan xavotirlanishmoqda.
Hindistonda ham qutqaruv ishlari davom ettirilayapti. Ko‘plab jabrlanganlar vertolyotlarda qutqarilmoqda.
Mavzuga oid
15:14
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
12:27
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026
Hindistonda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha chaqiriqlar kuchaymoqda
15:26 / 04.02.2026