Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ingliz klublari transfer bozoridagi xarajatlar bo‘yicha yangi rekord qayd etdi
Foto: Reuters / Jason Cairnduff
Joriy transfer oynasi davomida Angliya Premer Ligasiga klublarining transferlar uchun sarflagan pullari 1,17 milliard funtni tashkil etdi va bu liga tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir. Bu haqida Deloitte tahlilchilari xabar bermoqda.
O‘tgan yozdagi ko‘rsatkich 1,165 milliard funtni tashkil qilgan edi. Yana shuni e'tiborga olish lozimki, transfer oynasi yopilishiga hali bir hafta vaqt bor. O‘tgan yilning shu vaqtiga jami sarflangan pullar 865 million funtni tashkil qilgan edi xolos. Demak bu yilgi raqam yana sezilarli sur'atda oshishi mumkin.
Zero, bir qator tahlilchilar «Liverpul», «Manchester Siti» va «Chelsi» klublarining so‘nggi haftada bir qator transferlar amalga oshirishlarini taxmin qilishmoqda.
Bu yozda ayniqsa, Manchester klublari transfer bozorida aktiv bo‘ldilar va ular sarflagan mablag‘lar umumiy summaning qariyb 30 foizini tashkil qildi. Eng yirik transferlar sifatida esa, Romelu Lukakuning 75 million funt evaziga «Everton»dan «MYu»ga o‘tishi (bu Angliya ichki bozoridagi rekord summadir) va «Chelsi»ning Alvaro Morata uchun 70 million funt to‘laganini keltirish mumkin.
Mavzuga oid
10:31 / 18.08.2020
«Arsenal» yana Fransiyadan futbolchi olmoqchi, Perishichga Angliyadan takliflar bor. So‘nggi transfer xabarlari
22:00 / 13.05.2018
«Manchester Siti» tarixiy g‘alabaga erishdi. Yana yangi rekordlar
21:48 / 09.05.2018
Italiyada kubok, Angliyada YeChL uchun kurash. Bugungi o‘yinlar haqida
12:47 / 08.05.2018