Tribuna.uz kunning asosiy transfer yangiliklarini taqdim etadi.

«Çelsi» markaziy himoyaçi Lyuis Dank yuzasidan kelişuvga erişdi. «Brayton»ning 28 yoşli futbolçisi uçun londonliklar 40 million funtdan voz keçişlari mumkin. Ötgan mavsumda himoyaçi 36 öyinda maydonga tuşdi, 3 gol urib, 3 marta şeriklariga golli uzatma amalga oşirdi. Dank uçun Londonning boşqa klubi «Tottenhem» ham da'vogarlik qilayotgandi. (Manba: Sun Sport)

«Atalanta» «Lokomotiv»ning hujumkor yarimhimoyaçisi Aleksey Mirançuk uçun raqobatda «Milan»ni doğda qoldirmoqda. Italiya matbuoti uşbu transfer summasini 15 million yevro atrofida baholayapti. Aytilişiça, tomonlar şu kunlarda bir stol atrofida yiğilib, 24 yoşli futbolçi uçun yakuniy töxtamga keladilar. (Manba: Calciomercato)

«Napoli»dan «Everton»ga ötişga yaqin turgan Allan yakunda Ispaniyaga ketib qolişi ham mumkin. «Atletiko» 29 yoşli yarimhimoyaçi uçun «Everton» taklif qilayotgan 40 million yevroni bera olişlarini ma'lum qildi. Şu bilan birga, madridliklar futbolçiga yaxşiroq maoş taklif qilişlari ham mumkin. Allan ötgan mavsumda 23 öyinda maydonga tuşdi va 2 gol muallifi böldi. (Manba: Marsa)

«Uotford» darvozaboni Ben Foster uçun «Çelsi» va «Everton» da'vogarlik qilişmoqda. Har ikki klub ham tajribali Fosterni asosiy darvozabonlariga örinbosar sifatida qaraşmoqda. «Uotford» APLni tark etdi va 37 yoşli darvozabon şu yozda jamoani tark etmoqçi ekanini ma'lum qilgandi. (Manba: Daily Mail)

«Liverpul» Tiago Alkantara bilan şaxsiy şartnoma şartlarini kelişib olgan va unga köra ispaniyalik futbolçi 4 yil Liverpulda töp suradi. Tiago allaqaçon Angliyada öziga uy topgan va yakuniy muzokaralarni kutmoqda. Transfer summasi dastlab, 30 million yevro baholanayotgandi, ammo «Mançester Siti», «Yuventus» kabi talabgorlar paydo bölgaç, 40 million yevro haqida gap bormoqda. (Manba: RMC Sport)