Jahon | 09:05 / 25.08.2017
4755
1 daqiqa o‘qiladi

NYT: Tramp maslahatchilari uning qabuliga kirish uchun yozilishlari kerak bo‘ladi

Foto: The New York Times

Oq uy devoni rahbari Jon Kellining yangi talabiga ko‘ra, AQSh prezidenti maslahatchilari Donald Trampning Oval xonasidagi qabuliga kirish uchun ro‘yxatga yozilishlari lozim bo‘ladi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, prezident maslahatchisi va qizi Ivanka Tramp istisnodir. U uchrashuv vaqtida siyosiy emas, balki oilaviy masalalar muhokama qilinadigan bo‘lsa, ro‘yxatga yozilmasdan kira oladi. 

Qo‘shma Shtatlar birinchi xonimi Melanya Tramp va prezidentning o‘g‘li Berron ham Oval xonaga yozilmasdan kirishlari mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid