O‘zbekiston | 17:00 / 25.08.2017
31472
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Qurbon hayiti namozi soat 06:05da o‘qiladi

Foto: Muslim.uz

Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozi tonggi soat 06:05da o‘qiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma'lum qildi.

Viloyatlardagi namoz vaqtlari quyosh chiqishiga qarab bir necha daqiqaga farq qilishi mumkin.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Qurbon hayitining birinchi kuni 1 sentabr bo‘lishi ma'lum qilindi. Bu kun juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan 2017 yil 1 sentabr O‘zbekistonda bayram sifatida keng nishonlanadigan bo‘ldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid