Jamiyat | 11:24 / 26.08.2017
6923
1 daqiqa o‘qiladi

FVV: Andijonda «Elektrtarmoqlari» korxonasi xodimiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi

2017 yilning 23 avgust kuni soat 20:25larda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Andijon shahar «Elektrtarmoqlari» korxonasi xodimi qo‘ng‘iroq qilib, hamkasbi G‘.A. Andijon shahar Boburshoh ko‘chasi 2-uyning tom qismida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida elektr tokidan zarar ko‘rib hushsiz yotganligi to‘g‘risida xabar berdi, deb ma'lum qildi FVV matbuot xizmati. 

Shundan so‘ng, navbatchilikdagi qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib bordilar va Andijon shahar Boburshox ko‘chasi 2-uyning tom qismida hushsiz yotgan G‘.A.ga birinchi yordam ko‘rsatib, hushiga keltirdilar. 

Jabrlangan fuqaro uyning tom qismidan olib tushilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Mavzuga oid