Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq armiyasi Tall-Afar ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
Foto: Reuters
Iroqlik qo‘shinlar Naynava viloyatidagi Tall-Afar shahri ustidan nazoratni to‘liq qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sky News Arabia xabar bergan.
«Tall-Afarning bironta ham tumani iroqlik kuchlarning nazoratisiz qolmaydi», - deya ma'lum qilgan telekanal muxbiri.
Aholi punkti IShID terrorchilik guruhi jangarilari bilan shiddatli kechgan janglar davomida qo‘lga kiritildi. Shaharga Iroq armiyasi harbiy xizmatchilari, federal politsiya, aksilterrorchilik bo‘linmalari, shuningdek, xalq militsiyasi jangchilari kirgan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, ayni damda jangarilar tomonidan qoldirib ketilgan portlovchi qurilmalarni topish va uylarni minalardan tozalash bo‘yicha amaliyot olib borilmoqda. Tomonlar qancha yo‘qotishga uchragani xabar qilinmayapti. Ta'kidlanishicha, Iroq armiyasi vakillari yaqin vaqt ichida rasmiy bayonot bilan chiqadi.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026