Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiya poytaxtida mahsulotlarni dronlarda yetkazish yo‘lga qo‘yildi
Foto: hi-news.ru
Isroilda joylashgan Flytrex startapi Islandiya poytaxti Reykyavikda mahsulotlarni dronlarda yetkazish xizmatini ochishga qaror qildi. Xizmatga istalgan do‘konda buyurtma berish mumkin, buning evaziga mahsulotlar haqiqiy dron-kurerlar yordamida buyurtmachiga yetkaziladi.
Shaharda anchagina katta buxta mavjud bo‘lib, uni yuk mashinalarida aylanib o‘tish “ham vaqtni, ham naqdni” oladi, biroq dronlar uni tezda uchib o‘tishi va yukni maxsus maydonchada qoldirishi mumkin. Jo‘natmani u yerdan kurerlar avtomobilda olishadi. Aha internet-do‘koni Isroil kompaniyasi xizmatlaridan foydalanib kelmoqda va yil oxirigacha mahsulotlarni to‘g‘ri buyurtmachining uyi eshigi oldigacha yetkazishni yo‘lga qo‘yishga umid qilmoqda. Biroq hozircha Flytrex Islandiya hukumatidan bunga tegishli ruxsatni olishga muvaffaq bo‘lmagan.
Aha vakillarining aytishicha, dron-kurerlarni qo‘llash mablag‘ni anchagina tejashga imkon beradi. Foyda 60 foizgachani tashkil qilishi mumkin. Hozirda dronlar har kuni 10 tagacha reys amalga oshirmoqda, biroq vaqti kelib parvozlar miqdorini 2 barobarga oshirish rejalashtirilmoqda, axir dronlar xizmat ko‘rsatuvchi hududda do‘konning 8 mingdan ko‘proq mijozi bor.
Dronlar yordamida yuklarni yetkazish yirik onlayn-do‘konlar o‘zlashtirayotgan istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. O‘tgan yili kvadrokopterlar yordamida jo‘natmalarni yetkazishni o‘z kurerlik xizmatini modernizatsiyalash imkoniyatini faol ravishda o‘rganayotgan Amazon onlayn-reteyleri boshlagandi.
Mavzuga oid
10:31 / 23.12.2025
RF dronlari Odessadagi port infratuzilmasiga zarar yetkazdi
13:00 / 22.12.2025
2025 yilda Germaniya osmonida 1000 ta shubhali dron qayd etildi
08:42 / 22.12.2025
Krasnodar o‘lkasi: dronlar quvur va 2 ta kemaga zarar yetkazdi
23:06 / 19.12.2025