Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2017: Sanjar Tursunov dastlabki jangini g‘alaba bilan boshladi
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA World Championship-2017 – Boks bo‘yicha jahon birinchiligi boshlangani haqida xabar bergan edik. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi barcha vazn toifasida to‘liq tarkibda ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasining ilk jangini -91 kg vazn toifasidagi iqtidorli yosh bokschi Sanjar Tursunov boshlab beradi va nikaragualik Jyeffri Gonsalesga qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi davradan ringga ko‘tarilgan charm qo‘lqop ustasi Gonsales ustidan g‘alaba qozondi.
U ikkinchi davrada Argentina vakili Yamil Peraltaga qarshi jang qiladi.
Ular shu yilning 7 avgustida iqlimga moslashish va so‘nggi tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Hamburgga jo‘nab ketishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2017 bahslarini Uzreport TV telekanali jonli efirda namoyish qilmoqda.
Mavzuga oid
17:04 / 17.02.2025
Sanjar Tursunov 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi
19:14 / 24.07.2021
Tokio-2020 kundaligi: Birinchi kunda o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi
18:55 / 17.09.2019
Sanjar Tursunov hindistonlik bokschiga yutqazdi
10:19 / 17.09.2019