Sport | 10:10 / 27.08.2017
7461
2 daqiqa o‘qiladi

Yoz tugamoqda. Mbappe ishi hali hal bo‘lmadi

Foto: AFP

«Monako» hujumchisi Kilian Mbappe «Pari Sen-Jyermen» yoki «Real»ga o‘tadi.

Parijliklar jamoasi 18 yoshli bu futbolchi transferi uchun muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo «Monako» raqibni kuchaytirishni istamayapti va futbolchini «Real»ga sotmoqchi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, «Monako» Mbappeni 180 million yevroga baholagan. Jamoada shuningdek, futbolchini yana bir mavsumga olib qolish rejasi mavjud. Parijliklar ushbu futbolchini katta pulga sotib olish orqali moliyaviy feyr-pley qoidasini buzish ehtimoli mavjud, lekin jamoa variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

«Real» Mbappe transferini keyingi yilga qoldirishi ham mumkin. Jamoa bosh murabbiyi yosh futbolchiga hozirgi tarkibda joy topib bera olmasligini aytgan.

Qayd etish kerakki, yosh futbolchini bosh murabbiy Leonardu Jardim mashg‘ulotlardan chetlatgan, u jamoa o‘yinlarida qatnashmayapti.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid