Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meyvezer: Men va'damning ustidan chiqdim
12 karra jahon chempioni Floyd Meyvezer Konor Makgregor ustidan g‘alabadan keyin intervyu berdi. Las-Vegasda o‘tkazilgan ushbu jangning 10-raundida arbitr amerikalik bokschiga texnik nokaut bilan g‘alaba berdi.
«Bu juda qiyin va munosib raqib bo‘ldi. U men o‘ylaganimdan ham yaxshiroq jang qildi. O‘ylaymanki, tomoshabinlar o‘zlari kutganidek jangga guvoh bo‘lishdi. Jangning birinchi qismida men ishonchli harakat qilmadimmi? Bu mening rejam edi, jang boshiga shunday taktika tanlagandim. Yettinchi raundda raqib charchaganini ko‘rdim va kuchli zarbalar berishni boshladim.
Men hammaga bu jangda muddatidan oldin g‘alaba qozonishga va'da bergandim va bu va'dam ustidan chiqdim. Bu mening oxirgi jangim edi. Men oxirgi raqsim uchun munosib sherik tanladim», — degan Meyvezer jangdan keyin.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
16:40 / 24.12.2019