Jahon | 21:45 / 28.08.2017
10278
1 daqiqa o‘qiladi

2017 yil oxiriga qadar yapon mikro-uylari sotuvga chiqadi

Foto:dezeen.com

Yaponiyaing Muji brendi 2017 yil oxiriga qadar maydoni atigi 9 kvadrat metrni tashkil qiluvchi ixcham Muji Hut uylarini sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Ishlab chiqaruvchining g‘oyasiga ko‘ra, kichik kabinani turli joylarga o‘rnatish mumkin, zero u doimiy yashash joyi va dam olish uyining uyg‘unlashgan shaklidir.

"Uni tog‘lar, okean qirg‘og‘i yoki bog‘ga joylashtiring va u sizni mutlaqo yangi hayotga chorlab, atrof-muhit bilan uyg‘unlashib ketadi". Muji

Foto:dezeen.com

Mikro-uylarni qurishda asosiy material sifatida hasharotlar va yong‘inga qarshi qayta ishlangan yapon yog‘ochidan foydalanilgan, uyning bir tomonidagi kichik deraza va boshqa tomonidagi harakatlanuvchi shisha eshiklar tabiiy yoritgichlar vazifasini o‘taydi.

Foto:dezeen.com
Foto:dezeen.com
Foto:dezeen.com

Muji Hut narxi 3 million iyenni tashkil qiladi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid