Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi plyajlardan birida zaharli bulut sababli ko‘plab odamlar jabrlandi
Britaniyadagi ommaviy plyajlardan biri, Istburndagi Bichi-Xed plyajiga kelgan 230 dan ko‘proq odam ko‘zlarida achishish, qayt qilish, nafas olishlari qiyinlashgani va tomoqlari achishayotgani shikoyatlari bilan shifokorlarga murojaat qilishgan. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Barcha jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hukumat voqea joyiga yaqinlashmaslikni tavsiya qilgan. Mahalliy aholiga uylari derazalari va eshiklarini yopiq holda tutish buyurilgan. Voqea tergov qilinmoqda, politsiya zaharli bulut qayerdan paydo bo‘lganini aniqlashga urinmoqda.
Shunisi ma'lumki, zaharli bulut plyajga dengiz tomondan kelgan. So‘ngra u sharqqa tomon tarqalib ketgan.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
18:50 / 20.01.2026