Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda politsiyachini kaltaklagan o‘zbekistonlik 3 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: Khaleejtimes.com
Dubay sudi tomonidan o‘zbekistonlik 26 yoshli yigit uch oylik qamoq jazosiga hukm etildi. U amirlik aeroportida politsiyachiga hujum qilgan. Ayblanuvchi jazo muddati yakuniga yetganidan so‘ng deportatsiya qilinadi, deb xabar bermoqda Khaleej Times.
18 may kuni yigit zobit hujjatlarini so‘raganida jahli chiqib ketgan. U politsiyachiga qarata stulni otgan va unga bir necha bor zarba bergan.
Hujumdan jabrlangan 34 yoshli zobitning bildirishicha, u ayblanuvchining faqatgina hujjatlarini tekshirmoqchi bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi esa xona eshigini yopib qo‘yib, xonaga boshqa bir politsiyachi kirguniga qadar uni do‘pposlagan.
Ayblanuvchi ko‘rsatmasiga ko‘ra, u Dubay Xalqaro aeroportining 1-terminalida O‘zbekistonga yo‘l oluvchi reysga chiqishi lozim bo‘lgan. Erkak 10 yil davomida yashagan Misrdan qaytayotgani aytilgan.
“Men uning ofisiga kirdim, hamda u chipta va shaxsiy hujjatlarim haqida so‘ray boshladi. Men hayajonda va darg‘azab holatda edim, sababi meni ota-onam istiqomat qiluvchi Misrdan deportatsiya qilishdi”, - degan ayblanuvchi.
Mavzuga oid
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
07:55 / 24.01.2026
Inaura: Dubayda g‘ayrioddiy osmono‘par bino loyihasi taqdim etildi
19:54 / 23.01.2026