Jahon | 07:46 / 28.08.2017
4858
2 daqiqa o‘qiladi

Elle jurnalining Brijit Makronga bag‘ishlangan soni 10 yillik rekordni yangiladi

Foto: AP

Elle jurnalining Fransiya prezidenti rafiqasi Brijit Makronga bag‘ishlangan soni oxirgi 10 yil ichida jurnalning eng ko‘p sotilgan soni bo‘ldi. Butun dunyo bo‘ylab jurnalxonlar jurnalning ushbu sonidan yarim million nusxa sotib olishga ulgurishdi, deb ma'lum qildi Le Journal du Dimanche nashri.

Elle’ning Brijit Makronning 10 sahifalik intervyusi berilgan va muqovasida uning surati bo‘lgan soni 18 avgustda sotuvga chiqarilgan. Jurnalning ushbu sonidan 530 ming dona sotib olingan, internetda Fransiya birinchi xonimining intervyusini 30 mln dan ko‘proq odam o‘qigan. Ushbu intervyuda Brijit Makron Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muhabbati tarixi, Yelisey saroyidagi ilk kunlari, Fransiya birinchi xonimi sifatidagi roli va vazifalari, uning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar maxsus xartiya orqali biriktirilishi haqidagi ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashgan. Bu Brijit Makronga uning isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishi sababli birinchi xonim maqomini berishga qarshi petitsiyaga javob bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, jurnalning ushbu soni nafaqat Fransiyada, balki boshqa davlatlarda, jumladan AQSh va Germaniyada muvaffaqiyatga erishdi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid