AQŞ prezidenti Donald Tramp Parijga taşrifi davomida Fransiyaning birinçi xonimi Brijit Makron bilan suhbat vaqtida uning qomatiga baho berdi.
Internetda tarqalgan videoda AQŞ va Fransiya prezidentlari Nogironlar uyidagi qabul marosimidan söng öz rafiqalari bilan suhbatlaşib turganini köriş mumkin.
«Vaqtni yaxşi ötkazinglar, xonimlar», — deydi Tramp rafiqasi Melaniya Tramp va uning yonidagi Brijit Makronga.
Şundan söng u mezbon davlatning birinçi xonimiga yuzlanadi: «Siz juda yaxşi formadasiz. Vaqtingiz çoğ bölsin».
U yonidagi Fransiya prezidentiga ham rafiqasi gözalligini aytadi: «Uning qomati juda yaxşi».
Trampning bu sözlari ijtimoiy tarmoqlarda feministlar tomonidan tanqid qilinmoqda. Ularning hisoblaşiça, qomatga urğu qaratiş - «haddan oşişdir».
Tramp Makron huzurida mehmonda: AQŞ va Fransiya döstligi yana buyuk böladimi?











