Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij sudi Fransiya birinchi xonimini ta’qib qilish ishi bo‘yicha o‘n kishiga hukm chiqardi
Barcha sudlanuvchilar Brijit Makronni aslida Jan-Mishel Trone ismli erkak bo‘lib tug‘ilgan transgender ayol ekani haqidagi fitna nazariyani tarqatganlikda aybdor deb topildi.
Foto: Getty images
Parij jinoiy sudi Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makronni onlayn ta’qib qilish va u haqda mish-mishlar tarqatish ishi bo‘yicha hukm chiqardi.
O‘n nafar sudlanuvchi Fransiya prezidentining rafiqasiga nisbatan «g‘arazli, kamsituvchi va haqoratli so‘zlar» orqali «qasddan zarar yetkazishda» aybdor deb topildi.
Sudlanuvchilarning aksariyati to‘rt oydan sakkiz oygacha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Ishdagi shaxslardan biri sud majlisiga kelmagani uchun olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Mahkumlar orasida reklama agentligi rahbari Orelen Puarson (u sakkiz oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi) va folbin Amandin Rua (yarim yillik qamoq jazosi) bor, prokuratura ularni Bridjit Makronga qarshi dezinformatsiya kampaniyasining tashabbuskorlari deb atagan. Shuningdek, endi ularning ikkalasi ham internetdagi boshqa foydalanuvchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kursida o‘qishi kerak.
Barcha sudlanuvchilar Brijit Makronni aslida Jan-Mishel Trone ismli erkak bo‘lib tug‘ilgan transgender ayol ekani haqidagi fitna nazariyani tarqatgan. Shuningdek, ular turmush o‘rtog‘i Emmanuel va Brijit o‘rtasidagi 24 yillik yosh farqini omma oldida masxara qilgan.
Ayni paytda Amerika sudida Fransiya birinchi xonimining transgenderlik haqidagi mish-mishlarni faol ravishda tarqatayotgan o‘ta o‘ng qanot faoli Kensis Ouensga qarshi xuddi shunday da’vo ko‘rib chiqilmoqda. Da’vo ishini Emmanuel Makron qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid
13:21
Fransiya Rossiyaning “soya floti” tankerini qo‘yib yuboradi
10:10 / 29.01.2026
Fransiyada Grinch tankeriga nisbatan cheklov joriy etildi
08:52 / 27.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
09:32 / 26.01.2026