Jahon | 21:13 / 28.08.2017
4429
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Saudiya Arabistoni atom energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

Foto: RIA "Novosti"

Xitoy va Saudiya Arabistoni atom energetikasi sohasida Hamkorlikni rivojlantirishga doir anglashuv memorandumini imzolashdi. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi. 

Dushanba kuni Pekinda Xitoyning CNNC va Saudiyaning Saudi Geological Survey kompaniyalari tomonidan imzolangan hujjatga muvofiq, tomonlar Saudiya Arabistonida uran va toriya razvedkasini tezlashtirishmoqchi. 

Ta'kidlanishicha, CNNC kompaniyasining Saudiya Arabistoni hukumati bilan uzviy hamkorligi tufayli tomonlar uran va yoqilg‘ini qayta ishlash kabi sektorlarda taraqqiyotga erishishdi. 

XXR Davlat kengashi bosh vazir o‘rinbosari Chjan Gaolining Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida tomonlar energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qator mexanizmlar yaratishga kelishib olishdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid