Jahon | 17:23 / 28.08.2017
11011
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda yangi kupyuralar muomalaga kiritiladi

Foto: Asia-Plus

31 avgustdan e'tiboran Tojikiston Milliy banki (Markaziy banki) 10, 20, 50 va 100 somoniyning yangi namunalarini muomalaga kiritadi. Bu haqda Milliy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda

Respublika Markaziy banki yangi kupyuralarni chiqarish zaruratini pul aylanmasi sifatini oshirish va soxta pullar yasalishi ehtimolini kamaytirish bilan izohladi. 

100 somoniyning dizayni yaxshilangan, ikkinchi darajali  sanash moslamalari vositasida tanish mumkin bo‘lgan himoya elementi yaxshilangan. Bundan tashqari, ularga uchinchi darajali himoya elementi joriy qilingan. 

Yangi kupyuralar 1999 yilgi namunadagi 10, 20, 50, va 100 somoniylar bir xil muomalada bo‘ladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid