Sport | 13:28 / 29.08.2017
17013
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya terma jamoasi shifokori Koutinoni «sotdi»

Foto: Goal.com

Braziliya terma jamoasi vrachi Mishel Cimoni «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutinoning holati haqida xabar berdi va unda hech qanday jarohat yo‘qligini aytdi

«Koutinoda hech qanday jarohat yo‘q, u terma jamoada maydonga tushishi mumkin. Lekin uning xavotiri yuqori darajada va ruhiy jihatdan zo‘riqish holatida. Shunchaki, futbolchining kelajagi mavhum, mavsumda qaysi jamoada o‘ynashini hali ham bilmaydi, mana shu mavhumlik unda o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikni keltirib chiqargan» – dedi Simoni. 

Filippe Koutino Angliya chempionatining 3-turida, hamda Chempionlar Ligasi saralash o‘yinlarida maydonga tushmadi. Yurgen Klopp bu holatni futbolchining belidan jarohat olgani bilan izohlagan edi. 

Braziliyalik 25 yoshli futbolchi jamoani tark etish va «Barselona» safidan joy olishni istayotganini bildirgan, ammo klublar ushbu transfer borasida kelisha olmayaptilar. Aniqrog‘i, «Liverpul» futbolchini qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Transfer oynasi so‘nggida «Barselona» o‘zining so‘nggi – to‘rtinchi taklifini jo‘natishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 

Hozirda Koutino Braziliya terma jamoasi yig‘inlarida ishtirok etyapti. Terma jamoa JCh-2018 saralashidagi navbatdagi o‘yinini 1 sentabr kuni Ekvadorga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.

Mavzuga oid