Fan-texnika | 19:16 / 29.08.2017
6763
2 daqiqa o‘qiladi

Mask Los-Anjyelesdagi tunnelga birinchi elektrokarni tushirdi

SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask tezkor transport tizimini ishlab chiqib, yo‘llardagi tirbandlikni bartaraf qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Milliarder Los-Anjyeles ostidagi tunnelni chuqurlashtirib, unga birinchi elektron avtomobilni tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Maskning Instagram sahifasiga joylangan surat shundan dalolat bermoqda. 

 

A post shared by Elon Musk (@elonmusk) on

Suratda Model S elektrokari aks etgan - Mask rahbarlik qiluvchi Tesla kompaniyasi shunday modeldagi avtomobillarni ishlab chiqaradi.

Ishlab chiqaruvchilar g‘oyasiga ko‘ra, tizim avtomobilni megapolisning bir nuqtasidan ikkinchisiga atigi 5 daqiqada yetkaza oladi. Obekt yer ostiga liftda tushadi, shundan keyin maxsus transport platformasiga o‘tadi.

Ishbilarmonning tunnel yaratish rejalari haqida o‘tgan yilning dekabrida ma'lum qilingan, iyun oyida esa Mask burg‘ulash ishlarining boshlanganini ma'lum qildi. Qurilish ishlari The Boring Company tomonidan Godot innovatsion mashinasi yordamida olib borilmoqda.

Los-Anjyeles meri Erik Garchetti loyiha bo‘yicha ishlarning olib borilishiga rozilik berdi, biroq ko‘pchilik hanuz bu g‘oyaning amalga oshishiga ishonmay, uni yo hazil, yoki reklama sifatida qabul qilmoqda. 

Mavzuga oid