Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York politsiyasi 36 mingdan ziyod smartfonni iPhone'ga almashtiradi
Nyu-York politsiya departamenti (NYPD) joriy yil oxiriga qadar 36 mingdan ziyod Windows-smartfondan voz kechish rejasi haqida ma'lum qildi. Eskirgan Windows Phone 8.1 platformasini qo‘llovchi Lumia qurilmalari iPhone'ga almashtiriladi. The Verge nashriga ko‘ra, Microsoft kompaniyasi iyul oyida eski platformani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan.
2014 yilning iyulida ishlab chiqarilgan Windows Phone 8.1'li qurilmalar o‘tgan yili politsiya tasarrufiga o‘tgan. Ta'kidlash joizki, bu operatsion tizim hech qachon talabgor bo‘lmagan: o‘sha vaqtning o‘zidayoq mobil qurilmaning bozordagi ulushi 1 foizdan kamroqni tashkil qilgan.
Ishchi qurilma sifatida aynan "vinfonlar"ni tanlash qarori bir kishi tomonidan qabul qilingan - NYPD'ning axborot texnologiyalari bo‘yicha komissar o‘rinbosari. Politsiya ikki modeldan foydalangan: Nokia Lumia 830 va Lumia 640 XL. Ularga sud ishi, favqulodda vaziyatlar xizmatlari va buyruqlarni qabul qilishga doir ilovalar o‘rnatilgan bo‘lgan.
Umumiy qiymati 160 million dollarni tashkil qiluvchi xaridlar NYPD texnik jihozlari modernizatsiyasi tashabbusi doirasida amalga oshirilgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari iPhone'ning aynan qaysi modeli bilan ta'minlanishi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026