Tim Kuk Apple'dan 89 million dollarlik mukofot puli oldi
Apple korporatsiyasining bosh direktori Tim Kuk 560 ming Apple aksiyasi ko‘rinishidagi mukofotga ega bo‘ldi, bularning yarmi kompaniya ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Bloomberg shu haqida xabar berdi.
Agentlikning ta'kidlashicha, aksiyalarning bu hajmi Apple rahbarlari kompensatsiyalari dasturi doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi. Kuk olgan aksiyalar narxi o‘sha paytda savdolar yopilishi paytidagi qog‘ozlarning narxidan kelib chiqib, taxminan 89,2 million dollarni tashkil qilgan.
Kuk korporatsiya ko‘rsatkichlariga bog‘liq qog‘ozlarni oldi, zero so‘nggi uch yilda Apple aktivlari Standard & Poors'ning top-500 ro‘yxatidagi kompaniyalarning uchdan ikki qismiga qaraganda ishonchli o‘sishni ko‘rsatgan.
Tim Kuk 2011 yildan, ya'ni Apple bosh direktori lavozimini egallagan vaqtdan boshlab har yili mukofot oladi.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
19:56 / 11.11.2024