O‘zbekiston | 19:06 / 29.08.2017
4437
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘ztreyd» Latviyaga 10 mln dollarlik mahsulotlar yetkazib beradi

Foto: O‘ztreyd

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «O‘ztreyd» kompaniyasi Latviya kompaniyalari bilan qiymati 10 mln dollar bo‘lgan eksport shartnomalarini imzoladi.

Shartnomalar Latviyaga to‘qimachilik, meva-sabzavot va mahalliy boshqa mahsulotlarni yetkazib berish uchun imzolandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi.

Shuningdek, «O‘ztreyd» AJ latviyalik sheriklar bilan O‘zbekiston tashqi savdo yuklarini Yevropa bozorlari yo‘nalishida tashish logistikasini Liyepaya shahridagi ombor majmuasi vositasida tashkillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini belgilab oldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid