Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filiallar to‘g‘risidagi ma'lumotlar litsenziyalar reyestriga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 23.08.2017 yildagi 663-son qarori bilan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Avval amal qilgan tartibga ko‘ra, litsenziya faoliyatini amalga oshirish uchun filiallarga ega bo‘lgan litsenziya talabgoriga litsenziya bilan bir vaqtda shunday filiallar soni bo‘yicha tasdiqlangan nusxalari ham berilardi.
Endilikda filiallar to‘g‘risidagi ma'lumotlar har birining joylashgan manzili ko‘rsatilgan holda ular tegishli litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi sharti bilan, litsenziyalar reyestriga kiritiladi.
Shuningdek, lisenziat filial ochgan (yopgan) taqdirda, har birining joylashgan manzili va mas'ul shaxs to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan holda Intellektual mulk agentligini bu haqda yozma xabardor qiladi. Shundan so‘ng filial to‘g‘risidagi ma'lumotlar 3 ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritiladi va bu haqda lisenziat 5 ish kuni ichida yozma xabardor qilinadi.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
12:54 / 14.03.2026