Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun suhbatdan o‘tkazildi
Joriy yilning 25-28 avgust kunlari Adliya vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga Ruslan Maxammadiyev, yetakchi yuriskonsult lavozimiga Muradulla Xaitbayev, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga Davlatnazar Matrasulov, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga Dilshod Ostonov, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti lavozimiga Rahmon Sultanov, yetakchi yuriskonsult lavozimiga Ikrom Sariboyev, Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga G‘ofurjon Sirojov, Davlat veterinariya qo‘mitasi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga Akmal Tashqulovlar tavsiya etilgan lavozimga layoqati va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida suhbatdan o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida ularning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha bilimlari o‘rganildi.
Nomzodlarning bilimi, shuningdek ish tajribasi hisobga olinib, ular suhbatdan o‘tgan, deb topildi.
Mavzuga oid
14:56 / 15.01.2026
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
08:51 / 11.11.2025
"Proyekt": RFda yuqori darajadagi davlat xizmatchilarining 76 foizi hokimiyatda qarindoshlarga ega
13:00 / 09.09.2025
Maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
08:02 / 08.08.2025