Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Yunker so‘zlaridan so‘ng Yevrokomissiyadan izoh so‘ramoqda
Ukrainaning YeIdagi vakili Nikolay Tochitskiy Yevropa Komissiyasiga murojat qilib, YeK rahbari Jan-Klod Yunker so‘zlari bo‘yicha izoh berishni so‘radi. Yunker Ukrainaning NATO va YeIga a'zo bo‘lishi haqida o‘z fikrlarini bildirgan edi, deb xabar qilmoqda UNIAN.
YeK raisi Ukraina ayni vaqtda YeIga ham NATOga ham aloqasi yo‘qligini aytgan edi.
Tochitskiyning bayonot berishicha, u YeKdan Yunkerning elchilar bilan Bryusselda o‘tkazgan konferensiyasida aytgan so‘zlari yuzasidan izohlar so‘ragan. U, shuningdek, Ukrainaning Yevropa hamda Yevroatlantika tuzilmalari bilan integratsiyaga intilishi o‘zgarmasligi haqidagi prezident Pyotr Poroshenko so‘zlarini yodga olgan.
Tochitskiyga ko‘ra, u Yevrokomissiyadagi hamkasblariga o‘z xavotirlarini bildirgan, chunki Yunkerning so‘zlari OAV tomonidan «Ukraina va Yevrointegratsiya yo‘lini obro‘sizlantirish maqsadida qo‘llanilgan».
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026